Huquqiy himoya
XXotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish — kengashning eng muhim faoliyat yo'nalishlaridan biridir. Bu yo'nalish doirasida talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish bo'yicha tizimli ishlar olib boriladi.
Kengash xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qiladi, zo'ravonlikdan jabrlangan ayollarni aniqlash va ularga reabilitatsiya xizmatlari ko'rsatish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi.
Har bir ayol o'z huquqlarini bilishi va himoya qila olishi — huquqiy davlat qurishning asosiy shartidir.
Huquqiy himoya yo'nalishi bo'yicha har chorakda kamida bitta seminar o'tkaziladi. Seminarlarda O'zbekiston Konstitutsiyasi, Oila kodeksi va xalqaro huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi.