Qizlarjon klubi
XXizlarjon klubi — talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish — kengashning eng muhim faoliyat yo'nalishlaridan biridir. Bu yo'nalish doirasida talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish bo'yicha tizimli ishlar olib boriladi.
Kengash xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qiladi, zo'ravonlikdan jabrlangan ayollarni aniqlash va ularga reabilitatsiya xizmatlari ko'rsatish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi.
Qizlarjon klubi — talaba-qizlarning ikkinchi oilasi. Bu yerda do'stlik va hamkorlik qadriyatlari va himoya qila olishi — huquqiy davlat qurishning asosiy shartidir.
Qizlarjon klubi yo'nalishi bo'yicha har chorakda kamida bitta seminar o'tkaziladi. Seminarlarda O'zbekiston Konstitutsiyasi, Oila kodeksi va xalqaro huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi.
Klub yo'nalishlari:
- "Lider qizlar" — Akademiya ma'naviy-ma'rifiy ishlarida faol ishtirok etuvchi qizlardan iborat.
- "Olima ayollar" — Akademiyada tahsil olayotgan doktorantlardan iborat bo'lib, talaba-qizlarga ilmiy faoliyatda salohiyatni oshirish bo'yicha master-klass o'tib boradilar.
- "Iqtidorli talaba-qizlar" — turli nomdor stipendiyalar sohibalaridan iborat bo'lib, talaba-qizlarga stipendiyalarni qo'lga kiritish bo'yicha maslahat berib boradilar.
- "IT-bilimdoni" — 1-bosqich talaba-qizlariga kompyuter savodxonligidan mashg'ulotlar o'tadilar.
- "Pazanda qizlar" — TTJda turuvchi talaba-qizlarga pazandalik mahoratidan mashg'ulotlar o'tib boradilar.
- "Dizayner va Butaforlar" — TTJda vaqtini sermazmun o'tkazish maqsadida turli taqinchoqlar yasash va rassomchilik sir-asrorlarini o'rgatib boradilar.